Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2011 yilning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb e’lon qilinishi mazkur soha vakillari uchun yanada keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor natijasida chekka qishloqlarda ham ilg‘or texnologiyalar asosida ish yuritadigan korxonalar soni ko‘paymoqda. Bu borada Toshkent viloyatida sezilarli ishlar amalga oshirilayotir. Read the rest of this entry »
“Yangi avlod – 2010” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kamalak” bolalar tashkiloti, Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan ushbu ijodiy tanlovda poytaxtimiz tumanlaridagi saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iqtidorini namoyish etdi. Read the rest of this entry »
AKT-2010 haftaligi doirasida davlat idoralari vakillari uchun mo’ljallangan “Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish” mavzuida milliy trening bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, AKTni rivojlantirish bo’yicha Osiyo-Tinch okeani trening-markazi akademiyasi (APCICT), BMT Taraqqiyot dasturi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan tashkil etildi.
Read the rest of this entry »
Poytaxtimizda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida yoshlar matbuot markazlari va nashrlarining vakillari, yosh jurnalistlar uchun seminar-mashg‘ulot tashkil etildi.
Read the rest of this entry »
Poytaxtimizda favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli jarayonlarni monitoring qilish va prognozlash tadbirlari samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda respublika Gidrometeorologiya markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Read the rest of this entry »
O’zbеk oilalarida farzand dunyoga kеlishi bilan bog’liq ma-rosimlar va rasm-rusmlar mavjud bo’Iib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan amalga oshiriladi. Jumladan, chaqaloqqa ism qo’yish, kichik va katta chilla saqlash, bеshikka bеlash, soch, tirnoq ofish, birinchi qadam, ilk bor gapira boshlash, tish chiqishi, yoshiga to’lishi, o’g'il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal, mo’ylabi sabza urishi munosabati bilan bog’liq oilaviy tantanalarning o’tkazilishida ramziy ma’no bor. Sunday marosim, rasm-rusmlar bola quvonchiga quvonch qo’shadi, uning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Read the rest of this entry »
Avlodni tarbiyalash —- insoniyat xizmati
Inson aslida baxt va еzgulik uchun dunyoga kеladi, shu orzu-umid bilan yashaydi. Lеkin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yеtishi uchun intilishi, g’ayrat ko’rsatishi, yaxshilik ko’rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning shakllanishida, hayotda o’z o’rnini topishida, еl-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo’lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o’zida mu-jassam еtishida oila asosiy o’rinni еgallaydi. Oila shunday ma-konki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakl-lanadi, еtnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-milliy qadriyat-lar saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini bеlgi-lovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydеvori qo’yiladi va mu-stahkamlanadi. Oila anil va totuv bo’lsa, jamiyatda tinchlik va,, hamjihatlikka еrishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
Read the rest of this entry »
Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Navqiron avlodda Vatan himoyasiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – jasorat va vatanparvarlik maktabi”, “Jasorat darslari”, “Uch avlod uchrashuvi”, “O‘z uyimizni o‘zimiz asraylik”, “O‘zbekiston: jamiyat va armiya” kabi mavzularda harbiylar va urush faxriylari bilan uchrashuvlar, qiziqarli davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash fani o‘qituvchilari va o‘quvchilar o‘rtasida sportning texnik-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.
Read the rest of this entry »
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash darslari navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim yo‘nalishiga aylangan. Buni Jizzax shahridagi olimpiya zaxiralari kolleji misolida ham ko‘rish mumkin.
Read the rest of this entry »
